Baliqchilar yoniga tashlangan shubhali tugun ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish124
Baliqchilar yoniga tashlangan shubhali tugun ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘prik ostida baliq tutayotgan fuqarolar yoniga tashlangan shubhali tugun aks etgan video keng tarqaldi. Lattaga o‘ralgan o‘ram ochilganida, uning ichida qulf hamda turli jismlar sanchilgan qo‘g‘irchoq borligi ko‘rilgan. Bu esa tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida turli taxmin va bahslarga sabab bo‘ldi.

Videotasvirlarda voqea yirik ko‘prik ostida sodir bo‘lgani ko‘rinadi. Daryo bo‘yida 3–4 nafar fuqaro baliq ovlab o‘tirgan vaqtda, ko‘prik ustidan noma’lum shaxs tomonidan lattaga o‘ralgan tugun pastga uloqtirilgan. Tasodifan o‘ram to‘g‘ridan to‘g‘ri baliqchilar yoniga tushgan.

Tugunni ochib ko‘rgan fuqarolar uning ichida qulf va turli jismlar sanchilgan qo‘g‘irchoqni ko‘rib hayratda qolgan. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari buni «jodu qilingan buyum» deb baholagan bo‘lsa, boshqalar uni shunchaki sahnalashtirilgan holat yoki e’tibor jalb qilish uchun tayyorlangan videolardan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Hozircha ushbu voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?