Tibbiyot tashkilotlari eskirgan uskunalarni 2023 yilgacha almashtirishi shart

1 daqiqa o'qish6.4K
Tibbiyot tashkilotlari eskirgan uskunalarni 2023 yilgacha almashtirishi shart
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 iyundagi 405-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i (2017 yil 11 sentyabr) bilan Tibbiy uskunaning ma’nan eskirganlik darajasini aniqlovchi mezonlar tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Belgilanishicha, mulkchilik shaklidan qat’i nazar yangi tashkil etilayotgan yoki qayta jihozlanayotgan tibbiyot tashkilotlari faqat tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida mavjud bo‘lgan tibbiy uskunalar bilan jihozlanishi lozim.

Ushbu tashkilotlar yangi yaratilgan tibbiy uskunalardan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin foydalanishi mumkin.

Hujjatga ko‘ra, tibbiyot tashkilotlari uchun tibbiy uskunaning ma’nan eskirganlik darajasi uning ishlab chiqarilgan yili orqali aniqlanadi. Tibbiy uskunaning texnik pasportida yoki yorlig‘ida ko‘rsatilgan ekspluatatsiya muddati tugagandan keyin u ma’nan eskirgan hisoblanadi. Ekspluatatsiya muddati ko‘rsatilmagan hollarda, u ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 15 yil o‘tgandan keyin ma’nan eskirgan hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday tibbiy uskunalardan foydalanish taqiqlanadi.

Tibbiyot tashkilotlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatilmagan hamda ma’nan eskirgan tibbiy uskunalarni 2023 yilning 1 yanvarigacha yangi uskunalarga almashtirishi lozim.

Yangi tashkil etilgan tibbiyot tashkilotlari ma’nan eskirgan tibbiy uskunalardan foydalanishi taqiqlanadi.

2017 yil 18 dekabrdan kuchga kiradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?