Moskvada Islom Karimov haykalining o‘rnatilish muddati aniq bo‘ldi

1 daqiqa o'qish6.9K
Moskvada Islom Karimov haykalining o‘rnatilish muddati aniq bo‘ldi
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov siymosi tasvirlangan haykallar turli shaharlar va mamlakatlarda o‘rnatilmoqda.

Jumladan, O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand, Turkmanistonning Ashxobod shaharlarida o‘rnatildi. Shunday haykallardan biri 2019 yilda Rossiya Federatsiyasining poytaxtida o‘rnatilishi rejalashtirilgan edi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Moskva shahar meri Sergey Sobyanin haykalning o‘rnatilishi yuzasidan farmoyishni imzolagani xabar qilinmoqda.

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi farmoyishda yodgorlikning Bolshaya Polyanka ko‘chasi va Kazachye ko‘chasi tutashgan hududdagi maydonda 2019 yilning 31 dekabriga qadar o‘rnatilishi aytilgan.

Moskva rahbarining ma’lumotiga ko‘ra, haykalni rejalashtirish, tayyorlash va o‘rnatish bilan bog‘liq ishlar, shuningdek maydonni obodonlashtirish ishlari Karimov nomidagi respublika xayriya-jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?