13:00 / 13.12.2017
6 762

“Tozalash-Antiterror”: Toshkentda “dorifurushlar” ushlandi

“Tozalash-Antiterror”: Toshkentda “dorifurushlar” ushlandi
2017 yilning 11 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Toshkent shahrining Chilonzor va Uchtepa tumanlari hududlarida “Tozalash-Antiterror” tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur o‘tkazilgan tadbir davomida dori vositalarini saqlab kelayotgan quyidagi shaxslar aniqlandi.

Jumladan:

- 1996 yilda Yu.A. ushlanib, uning yonidan 39 dona konvalyutada bo‘lgan jami 390 dona “tramadol” dori vositasi rasmiylashtirib olingan.

- 1987 yilda tug‘ilgan Yu.B. ushlanib, uning yonidan 12 dona konvalyutada bo‘lgan jami 117 dona “tramadol” dorisi rasmiylashtirib olingan.

- 1997 yilda tug‘ilgan X.N. ushlanib, uning yonidan 29 dona konvalyutada bo‘lgan jami 283 dona “tramadol” dorisi rasmiylashtirib olingan.

- 2002 yilda tug‘ilgan M.S. ushlanib, uning yonidan 38 dona konvalyutada bo‘lgan jami 378 dona “tramadol” dorisi rasmiylashtirib olingan.

- 1992 yilda tug‘ilgan T.N. ushlanib, uning yonidan 50 dona konvalyutada bo‘lgan jami 500 dona “tramadol” dorisi, 1 dona konvalyutada bo‘lgan jami 7 dona “lirika” dorisi rasmiylashtirib olingan.

- 1990 yilda tug‘ilgan B.D. ushlanib, uning yonidan 4 dona konvalyutada bo‘lgan jami 35 dona “tramadol” dorisi rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Tozalash-Antiterror”: Toshkentda “dorifurushlar” ushlandi