22:22 / 22.12.2017
6 491

Prezident hammasini biladi: kamerasi bo‘lmagan “gaishnik” pora olish payida bo‘ladi

Prezident hammasini biladi: kamerasi bo‘lmagan “gaishnik” pora olish payida bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida YHX xodimlari formasiga videokamera o‘rnatilishini ma’lum qildi.

Prezidentga ko‘ra, YHX xodimlar formasiga jahon amaliyotida qo‘llanilib kelinayotgan mini kameralar o‘rnatiladi. Xodimlarining videokamerasi bo‘lmasa, haydovchilar u bilan gaplashmasligi kerak, u ham videokamerasiz avtomobillarni to‘xtatishga haqsiz bo‘ladi.

“Kamera bo‘lmasa u pora olish payida bo‘ladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatlar o‘rtasidagi yo‘l-patrul xizmatlari faoliyati tugatilishini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident hammasini biladi: kamerasi bo‘lmagan “gaishnik” pora olish payida bo‘ladi