6 yoshli o‘zbekistonlik qiz onasiga qaytarildi

1 daqiqa o'qish4.5K
6 yoshli o‘zbekistonlik qiz onasiga qaytarildi
3 noyabr kuni RF Ichki ishlar vazirligining Moskva oblastining Klin rayoni bo‘limi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha bo‘limi xodimlari o‘zbekistonlik 6 yoshli Ruxshonani onasidan tortib olishgandi. Oradan 52 kun o‘tib, mutasaddilar qizaloqni o‘zining onasi, Feruza O‘tkirovaga qaytarishga qaror qildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avvalroq, RF Oila kodeksining 77-moddasida ko‘rsatilganidek, homiylik va vasiylik organlari bolani ota-onasidan darhol tortib olish huquqini yuzaga chiqaradigan, bolaning hayoti yoki salomatligiga hech qanday tahdid yuzaga kelmagandi.

Shunga qaramay, Ruxshona Klindagi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan «Soglasiye» ijtimoiy-reabilitatsiya markazida ushlab turildi. Onaizorning aytishicha, ushbu markaz xodimlari bir necha bor uni haqorat qilishgan va tahqirlashgan, voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi xodimi esa unga farzandini yaqin orada qaytarib qo‘liga ololmasligini aytib, tahdid qilgan. «Soglasiye» ijtimoiy-reabilitatsiya markazida yashab turgan Ruxshonani ma’muriyat onasiga qaytarishni rad etib, qizaloqda musht va qo‘l izlari topilganini vaj qilib, Ruxshonani ekspertiza tekshiruvidan o‘tishini talab qilishgandi.

«​Ekspertiza natijasidan so‘ng, go‘yoki, onasi tomonidan tan jarohati yetkazilgan kabi iddaolar o‘z tasdig‘ini topmadi. Uning ahvoli yaxshi va onasi bilan birga»​, deydi Botirjon Shermatov.

Eslatib o‘tamiz, 3 noyabr kuni Feruza O‘tkirova ko‘chaga o‘z ishlari bilan chiqib, qizalog‘ini to‘ng‘ich o‘g‘li (19 yoshli) bilan uyda qoldiradi. O‘g‘lini zudlik bilan ishxonasidan chaqirib qolishadi, u onasining uyali telefoniga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmay, ilojsiz, singlisini uyda qoldirib, ishiga jo‘naydi. Aftidan, aka shoshganidan u uy eshigini qulflashni yodidan chiqaradi yoki Ruxshonaning o‘zi eshikni ocha oladi, lekin qizaloq ko‘chaga chiqqan va uni politsiya bo‘linmasiga olib ketishgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?