MIB Zangiotada o‘qituvchi va shifokorlar uyma-uy yurgani haqidagi maqolaga munosabat bildirdi

1 daqiqa o'qish5.2K
MIB Zangiotada o‘qituvchi va shifokorlar uyma-uy yurgani haqidagi maqolaga munosabat bildirdi
“Zamin.uz” internet-nashrida 28 mart kuni “Zangiotada o‘qituvchi va shifokorlar MIB xodimlari bilan uyma-uy yurgani haqida” nomli maqola e’lon qilingan edi. Unda “Daryo” muxbirining xonadoniga kirib, o‘zlarini o‘qituvchi va shifokor deb tanitgan ikki nafar ayol energiya resurslarini hisobga olish ko‘rsatkichlarini yozib olgani haqida so‘z boradi. Majburiy ijro byurosining bu maqola bo‘yicha raddiyasi “Zamin.uz” internet-nashrining elektron pochtasiga kelib tushdi. Quyida MIB raddiyasining skrinshoti va raddiyaning to‘liq matni bilan tanishishingiz mumkin.
MIB Zangiotada o‘qituvchi va shifokorlar uyma-uy yurgani haqidagi maqolaga munosabat bildirdi
MIB raddiyasi skrinshoti

2018 yilning 27 va 28 mart kunlari internetning “Daryo.uz” va “Zamin.uz” tarmog‘ida Zangiota tumanida o‘qituvchi va shifokorlar Byuro xodimlari bilan uyma-uy yurib, energiya resurslarini hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlarini ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlarini amalga oshirayotgani haqidagi ma’lumot joylashtirilgan.

Murojaatda muallif tomonidan Byuro organlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bevosita amalga oshirmasdan, hududdagi o‘qituvchi va shifokorlarni ko‘rikdan o‘tkazish tadbiriga jalb etishi oqibatida, o‘qituvchi hamda shifokorlar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmayotganligini ta’kidlangan.

Izoh: Iste’molchilarning hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlarini ko‘rikdan o‘tkazish va billing dasturiga kiritish, energiya resurslari va suv ta’minoti uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash, qarzdorlikni qisqartirish Byuro davlat inspektorlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Davlat inspektorlariga yuklatilgan yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Byuro organlari tomonidan boshqa korxona hamda tashkilotlar, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari jalb etilmagan, shuningdek Byuro organlariga bunday vakolat berilmagan.

Majburiy ijro byurosi “Daryo.uz” va “Zamin.uz” tarmoqlarida keltirilgan yuqoridagi ma’lumotlarni asossiz va obyektiv faktlar bilan tasdiqlanmagan ma’lumot deb hisoblaydi.

Kelgusida “Daryo.uz” va “Zamin.uz” saytlari ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tarqatilayotgan xabarlarning ishonchliligi va xolisligiga alohida e’tibor qaratilishi, shuningdek bu borada Byuro organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi maqsadga muvofiq.

Majburiy ijro byurosi
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?