Qashqadaryoda koloniyadan qochib uyiga borgan mahkum yana qochishga urindi

1 daqiqa o'qish204
Qashqadaryoda koloniyadan qochib uyiga borgan mahkum yana qochishga urindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Bankomatni buzib o‘g‘rilik sodir etgani uchun 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Sh.B. avvalgi manzil-koloniyadan qochib uyiga borgani, uch kun o‘tib qo‘lga olingani va keyin Qarshi shahridagi 3-son jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazilgani haqida ma’lumot berilgan.
  • U bu yerda ham qochish rejasini tuzib, koloniya hududidan chiqishga uringan, biroq maxsus xizmat itlari va dronlar yordamida qo‘lga olingan.
  • Mirishkor tuman sudi Sh.B.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Sh.B. 2025 yil avgust oyida bankomatni buzib, o‘g‘rilik sodir etgani uchun 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U jazoni Zangiotadagi manzil-koloniyada o‘tayotgan vaqtda 20 yanvar kuni koloniyadan qochib, uyiga yetib borgan. Biroq uch kun o‘tib, uni qo‘lga olishgan.

Shundan keyin mahkum umumiy tartibdagi koloniyaga o‘tkazilib, Qarshi shahridagi 3-son jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirilgan.

Biroq u bu yerda ham qochish rejasidan voz kechmagan. Ma’lum bo‘lishicha, mahkum bir oy davomida koloniya hududini kuzatib, qochish yo‘lini rejalashtirgan.

Sudda Sh.B. oilaviy muammolari va ipoteka kreditini to‘lash majburiyati sababli yana qochishga qaror qilganini aytgan.

2 aprel kuni kechqurun u saqlanayotgan hududdan chiqib, koloniya devoridan oshgan va boshqa qismiga o‘tgan. Keyin yerto‘laga tushish joyidagi konditsioner chuquriga yashirinib, tonggacha xodimlarning harakatini kuzatgan.

U yerda mahkumlardan biri yo‘qolgani aniqlangani va uni qidirish ishlari boshlanganini ratsiya orqali eshitgan.

Shundan so‘ng u binolardan birining chordog‘iga yashiringan. Uni qidirish uchun koloniya xodimlari bilan birga kinologlar, maxsus xizmat itlari va dronlar ham jalb etilgan.

Mahkum koloniya hududidan tashqariga chiqib ketishga ulgurmagan. 3 aprel kuni soat 15:40 da u chordoqdan topilib, qo‘lga olingan.

Mirishkor tuman sudi Sh.B.ni Jinoyat kodeksining 222-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Avvalgi hukm bo‘yicha o‘talmay qolgan jazoning bir qismi ham qo‘shilib, unga uzil-kesil 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Mahkum jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?