13:53 / 11.05.2018
5 850

Ramazon oyining boshlanish kuni o‘zgardi

Ramazon oyining boshlanish kuni o‘zgardi
Foto: «Xabar.uz»
Bugun, 11 may kuni O‘zbekiston musulmonlar idorasida Ramazon oyini har tomonlama ko‘tarinki va tartibli o‘tkazish bo‘yicha jurnalistlar hamda diniy soha vakillari ishtirokida brifing o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qilmoqda.

Bo‘lib o‘tgan brifingda yurtimizda Ramazon oyining boshlanishi haqida ham ma’lumot berildi. Xabar qilinishicha, 2018 yil ramazon oyining 1-kuni avval xabar berilganidek va taqvimlarda ko‘rsatilganidek 16 may kuni emas, 17 may kuniga to‘g‘ri kelyapti.

Taqvimlarda ham Ramazon oyining boshlanishi oy ko‘rinishiga qarab bir kunga surilishi mumkinligi haqida maxsus eslatma bor edi. Bu yil ayni shu eslatma ishga tushdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)