Bundan buyon Toshkent tungi klublari 23:00gacha ishlaydigan bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Uznews nashri.
“UzNews.uz” muxbirining jurnalistik surishtiruv olib borishi natijasida Toshkentdagi barcha tunggi klub, kafe va restoran, ko‘ngilochar maskanlar soat 23:00dan so‘ng majburan yopib qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan.
Tunggi klub, kafe va restoranlar yopilishi jarayonida fuqaro kiyimidagi huquq-tartibot idoralari xodimlari va Toshkent shahar IIBB xodimlari ishtirok etishgan.
Tonggi soat taxminan 3-4 gacha hamda 6 gacha ishlaydigan maskanlar o‘z mijozlariga soat 23:00 da yopilishayotganini aytib joyni tark etishlarini so‘rashgan.
Jurnalistik surishtiruv olib borgan “UzNews.uz” muxbiriga ko‘ra, SMI-bar, Chinzano, Aurum898, Shambala, The Time, Alis, Emir, Luxor, Dudek, Zero kabi tunggi klublar soat 23:00 dan keyin yopib qo‘yilgan.
Katta ehtimol bilan Jamshid Kenjayevning tunggi klub qo‘riqchilari tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilgani ortidan, tunda faoliyat yuritadigan barcha maskanlar yopildi.
Bu haqda esa hozircha Bosh Prokuratura, Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent shahar hokimiyati tomonidan ham rasmiy ma’lumot berilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi