12:08 / 23.09.2018
4 632

Toshkentdagi tungi klublardan birida yongʻin chiqdi (foto, video)

Toshkentdagi tungi klublardan birida yongʻin chiqdi (foto, video)
Foto: “7news.uz”
Toshkent shahri Chilonzor tumani 10-dahasida joylashgan “Territoriya” tungi klubida yongʻin chiqdi. Asosan binoning qoʻshiq aytishga (Karaoke) moʻljallangan qismi yongan.

Binoning 1-qavatida joylashgan spirtli ichimliklar magazini va qolgan doʻkonlarga yongʻin shikast yetkazmagan.

“7news.uz”ning ishonchli manbasi xabariga koʻra, voqea joyiga Yongʻin xavfsizligi xodimlari, Chilonzor tuman IIBning masʼul vakillari, Milliy gvardiyaning bir necha xodimlari yetib borishgan.

Voqea guvohining fikriga koʻra, 3ta yongʻin oʻchirish mashinasi va 15 ga yaqin oʻt oʻchiruvchi tezkor xodimlar ish olib borishmoqda.

Yongʻinni bartaraf etish uchun barcha choralar koʻrilgan. Qatortol koʻchasining maʼlum bir qismi YHXB xodimlari tomonidan vaqtinchalik yopib qoʻyilgan.

Ushbu sodir boʻlgan yongʻin haqidagi lavhani quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi tungi klublardan birida yongʻin chiqdi (foto, video)