Xalqaro musobaqada Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi

2 daqiqa o'qish4.4K
Xalqaro musobaqada Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi
Rossiya Federatsiyasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarning doʻstona armiyalari oʻrtasida togʻ uch kurashi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. 3 kun davom etgan bahslarda Oʻzbekiston jamoasi munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

5 oktyabr kuni erta tongda Toshkent xalqaro aeroportida ishtirokchilarni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Musobaqa Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi togʻ tayyorgarligi va yashovchanlik markazi bazasida – Yevropa qitʼasining eng baland nuqtasi – Elbrus choʻqqisi yonbagʻirlarida tashkil etildi. Yakka va jamoaviy tartibda toshli qoyaga chiqish, togʻ toʻsiqlari yoʻlagidan oshib oʻtish va jangovar holatda 5 kilometr masofaga marsh yugurib, oʻqotar qurollardan otish kabi maxsus murakkab shartlardan iborat.

Oʻzbekistonlik shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askar Ramazon Mamadiyev birinchi imkoniyatdayoq barcha nishonlarni yoʻq qildi va 26 daqiqayu 26 soniyali koʻrsatkich qayd etib, 5 km masofaga marsh yugurishda kuchli uchlikdan joy oldi.

Yana bir hamyurtimiz togʻ toʻsiqlari yoʻlagidan oʻtishda tengsiz ekanini namoyish etdi. U mazkur toʻsiqli yoʻlakni 6 daqiqayu 54,8 soniyada oʻtib, 3 ta granatani aniq nishon gabaritiga uloqtirishga erishdi.

Umumiy natijalarga koʻra, oʻzbekistonlik harbiylar 1-mashq boʻyicha 2-oʻrin, 2-mashq boʻyicha 1-oʻrin va 3-mashq boʻyicha durrang natija koʻrsatib, ochkolar hisobi boʻyicha 2-oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrinni Rossiya Federatsiyasi va uchinchi oʻrinni Qozogʻiston Respublikasi vakillari egalladi.
Xalqaro musobaqada Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi
– Oʻzbekiston jamoasi ushbu bellashuvga jiddiy hozirlik koʻrib, jamoa tarkibidagi toʻrt nafar ishtirokchi Boʻstonliq tumanidagi Chimyon togʻ bagʻirlarida malakali mutaxassislar koʻmagida mashgʻulotlar olib borgan edi, – deydi jamoa murabbiyi mayor Dilshod Hudoyberganov.

Maʼlumot uchun, joriy yilning aprel oyidan sentyabr oyiga qadar MDHga aʼzo davlatlar doʻstona armiyalari doirasida harbiy-amaliy sportning 7 ta turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Sentyabr oyida oʻtkazilgan “Armiya qoʻl jangi” yoʻnalishi boʻyicha chempionat birinchi marotaba Toshkentda oʻtkazildi va unda oʻzbekistonlik harbiy sportchilar umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. Shuningdek, “Komandirlik startlari” va “Sport oriyentirlanishi” Rossiya Federatsiyasida, “Koʻp kurash harbiy sport kompleksi” iyun oyida Belarus Respublikasida, “Ofitserlar uch kurashi” va “MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” avgust oyida Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib oʻtgan edi. “Komandirlik startlari startlari” va “Koʻp kurash harbiy sport kompleksi” musobaqalarida Oʻzbekiston harbiylari ikkinchi oʻrinni egallagani haqida oldin xabar berilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?