OAV: Gulnora Karimovaning uyidan 38 mln frankiga teng soat va zargarlik buyumlari topilgan
1 daqiqa o'qish8.2K

Gulnora Karimovaning Jenevadagi uyida oʻtkazilgan tintuvlar vaqtida qiymati 38 million Shveytsariya frankiga teng soatlar va zargarlik buyumlari topilgan. Bu haqda Sputnik xabar qildi.
2008 yilda Gulnora Karimova BMT va Jeneva shahrida boshqa xalqaro tashkilotlarda doimiy vakili lavozimiga tayinlangandi.
Biroq 2013 yilda diplomatik daxlsizligidan mahrum etildi. Mamlakat prokuraturasi tomonidan jinoiy ishlar qoʻzgʻatilib, uning hisobida boʻlgan 800 million frank mablagʻni muzlatib qoʻyilgandi.
2015 yil avgust oyida Oʻzbekistonda Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Oktyabr oyi boshida Gulnora Karimovaga noqonuniy aktivlarini musodara qilishi istagi haqida Buyuk Britaniya hukumati maʼlum qilgandi.

- #Gulnora Karimova
- #Jeneva shahri
- #Shveytsariya franki
- #Diplomatik Daxlsizlik
- #Jinoiy Ishlar
- #Oʻzbekiston
- #Huquqiy Jarayon
- #Aktivlarni Musodara
- #Xalqaro Tashkilotlar
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…