5 674
Toshkent metrosining Sergeli liniyasi qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi
Bugungi kunda Toshkent shahrining uchta hududida yer osti va yer usti metro qurilishi ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Temiryo‘lchi ko‘priksozlar tomonidan bunyod etilayotgan, uzunligi 7,1 kilometrga teng bo‘lgan Sergeli liniyasi 2020 yilga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Qurilishning o‘ziga xos jihati shundaki, Markaziy Osiyoda qo‘llanilmagan, yangicha estakada usulida bunyod etilayotganidir. Mazkur yer usti metro yo‘li ko‘priksimon tarzda bo‘lib, poyezdlar yer ustida harakatlanadi. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha 5 bosqichda amalga oshirilishi va bu metro liniyasida 38 ta bekat barpo qilinishi belgilangan.
Ayni kunlarda loyihaning dastlabki bosqichida Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 7 ta bekatdan iborat qismi qurilmoqda. Ushbu yer usti metrosi 2019 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Keyinchalik metro liniyasining “Olmazor”, “Beruniy”, “Bodomzor” hamda “Tuzel” bekatlari “Do‘stlik” bekatiga tutashtirilib, yaxlit metro halqasini tashkil etish mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”