29 oktyabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev egallab turgan lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda Turon24 nashri xabar berdi.
Bu iste’fo ijtimoiy tarmoqlarda ust-boshini yechmasdan ariqqa tushib, tizza bo‘yi suvda turgan olti erkakning surati keng tarqalganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Voqea 25 oktyabr kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan. OAVlarning voqeaga bevosita guvoh bo‘lganlarga tayanib xabar berishicha, 6 kishi bug‘doyga suv qo‘ymagani uchun bosh vazir o‘rinbosari Toshkent viloyati va Oqqo‘rg‘on tumani mutasaddilari ko‘z o‘ngida ularni sovuq suvga tushirib, jazolagan.
Bu surat ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuv keltirib chiqargan. Ayni shu masalaga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi 29 oktyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev egallab turgan lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda.
Zoyir Mirzayev Jomboy tuman hokimi, Samarqand shahar va viloyat hokimi lavozimlarda ishlab kelgan. U 2016 yilning dekabrida Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangan edi.
Voqealar tafsiloti to‘ldirilmoqda ... “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi