Besh million so‘m kissaga emas, kassaga to‘landi

1 daqiqa o'qish3.2K
Besh million so‘m kissaga emas, kassaga to‘landi
Har bir kishining isteʼmolchi sifatida oʻz majburiyatlari bor. Bu majburiyatlarni bajarish esa qonunni hurmat qilishni anglatadi. Baʼzi fuqarolarning esa oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yurgan energiya resurslari toʻloviga kelganda turli vajlarni bahona qilishi hech bir mezonlarga toʻgʻri kelmaydi. Sayxunobod tumani “Yangi hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi R.H. ham toʻlov majburiyatlarini oʻz vaqtida amalga oshirmay kelmoqda. Elektr energiyasidan 6 million soʻmlik qarzdorligi bor bu fuqaro ogohlantirishlarga qaramay pinagini ham buzmagan. Taqdim etilgan talabnoma talablarini bajarmagani uchun xonadon elektr energiyasi taʼminotidan majburiy tarzda uzildi. Endi oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzdorlik va qayta ulanish xarajatlarini toʻlashga majbur. Hisobni bilmagan hamyonidan ayrilar degan naql shu kabilarga nisbatan ishlatilishi tabiiy.

Besh million soʻm kissaga emas, kassaga toʻlandi.

Mirzaobodlik Sharifjon Hakimovning shuncha puli, yana qoʻshimcha jarima ham oʻzining xatosi bilan oilaviy byudjetiga zarar boʻldi. Agarda bilib turib qonunni buzmaganida bu pullarni roʻzgʻori uchun ishlatgan boʻlardi. Muqaddam ham MJtKning 101-moddasida koʻrsatilgan huquq buzarlikni sodir etganligi uchun mamuriy javobgarlikka tortilganiga qaramasdan, yana qaltis ishga qoʻl urdi. Umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelganligi aniqlangan. Fuqaro Sh.H. ning qonunga xilof harakatlari natijasida Mirzaobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga jami 5.052.632 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Noqonuniy harakatlari uchun tegishli tartibda jazosini oldi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?