“...Uzoq yillar shu qanoatda bo‘lib keldim. Ammo bu qanoatim ichida bir xayol ham bor edi: “Ajabo, haqiqatan ham bularning bariga erkaklar sababchimikan?“ O‘tgan kunlarda buyuk bir olimning kitobidan o‘qiganim ushbu satrlar qanoatimni yanada quvvatlantirdi: “Erkaklarning xotinlashishi ayollarning erkaklashishi natijasini berdi”, deydi olim.
Shular haqida bosh qotirib yurgan kunlarim bir oyati karima ma’nosining tarjimasiga duch keldim. Niso surasining 117-oyati (tarjimasi)da bunday deyiladi: “Ular Undan boshqa faqat ayol sanamlarga ibodat qilurlar va faqat bebosh shaytonga ibodat qilurlar”. Oyatning tafsirida Allohga sherik keltirgan bir kimsaning ruhida eng buyuk g‘oya bo‘lib “ayol” joy olgani ko‘rsatilibdi va bunday deyilibdi: “Ba’zi erkaklar ayollarga qiymatidan ham baland bir maqom beradilar. Natijada insonning dunyoga kelish g‘oyasini “Allohga ibodat qilish“ emas, balki (Alloh saqlasin) “ayolga sig‘inish” deb gumon qiladilar“. Bunga arab mushriklari sanamlariga ayol ismlarini qo‘yganlarini ochiq dalil desa bo‘ladi.
Va yana, yunon va shunga o‘xshash bir qancha butparast xalqlarning but-sanamlari ayol ekani ma’lumdir. Bu holat ayolga haqiqatan ham qiymat berganlaridan emas, aksincha, masalaning ichida Alloh huzuridan qochish, Unga ibodat qilishdan yuz o‘girish yotibdi. Agar bunday bo‘lmaganida edi, ayollardan butlar yasab, ularga sig‘ingan o‘sha qavmlar ayni zamonda ayol zotiga eng buyuk zulmlarni qilmagan bo‘lardilar.
Tafsirlardan birida yozilgan “Iddaoga qarasang, ayol har narsadir, amalda esa, o‘yinchoqlarning eng tubanidir”, degan jumlalar ularning ayolga asl munosabatlarini qanday go‘zal ifoda etibdi! Ayolning asl maqomidan (darajasidan) tushirib, unga sig‘inadigan darajada bog‘langan insonlar aslida shaytonning nayrangiga uchayotganlarini va bu hollari bilan shaytonga sig‘inayotganlarini oyati karima juda to‘g‘ri ifodalab qo‘ygan.
Oradan qancha yillar, qancha asrlar o‘tgan bo‘lishiga qaramay, shayton yana o‘sha shaytondir, nafs yana o‘sha nafsdir. Hamma zamonlarda bo‘lganidek, bugun ham nafsiga asir va shaytonga o‘yinchoq ko‘pchilik erkaklar eng qulay g‘aflat vositasi qilib yana ayolni tanlashgan...“
Alouddin Basharning “Sevgi nima?“ kitobidan
Davron Qobil tarjimasi
Davron Qobil tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi