MIB xorijiy investorlar murojaatlariga alohida eʼtibor qaratmoqda

MIB xorijiy investorlar murojaatlariga alohida eʼtibor qaratmoqda
“Uz-Helamin” (Oʻzbekiston-Rossiya) MCHJ direktorining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Veb-sayti”ga yoʻllagan murojaati Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi.

Navoiy viloyat iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Navoiy IESdan undiruvchi “Uz-Helamin” MCHJ foydasiga jami 114.586.000 soʻm undirish haqidagi ijro hujjati boʻyicha Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan 114.586.000 soʻm mablagʻlar “Uz-Helamin” MCHJ foydasiga undirilishi taʼminlandi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan mamlakatimiz iqtisodiy solohiyatini rivojlantirish maqsadida faoliyat koʻrsatib kelayotgan xorijiy investorlar murojaatlari alohida eʼtiborda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar