
Bugun, 15 yanvardan O‘zbekistonda «Facebook» va «YouTube» hech qanday VPNsiz yana ishlab ketdi. Eslatib o‘tamiz, bir necha oydan buyon ushbu ijtimoiy tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishning imkoni bo‘lmayotgan edi.
«Facebook» O‘zbekiston hududida o‘tgan yilning sentyabr oyidan yopiq qolayotgan edi. «YouTube»ga esa oktyabr oyining boshlaridan kirish qiyinlashgandi.
Ayni paytda har ikkala ijtimoiy tarmoq ham VPNsiz ochilmoqda. Biroq ishlash tezligida muammolar hamon sezilyapti.
«Downdetector» ma’lumotlariga ko‘ra, «Facebook»ning ishlashida hamon biroz muammo bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar