08:23 / 29.04.2019
2 952

Urganch aeroportida “valyuta operatsiyasi” chippakka chiqdi

Urganch aeroportida “valyuta operatsiyasi” chippakka chiqdi
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Urganch aeportida respublikadan o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan valyutani olib chiqish holati yuzasidan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Urganch–Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro Sh.S.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu fuqaro belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu fuqaro tomonidan olib o‘tilayotgan 3000 dollari o‘zga shaxsga tegishli ekanligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tekshiruv jarayonida, yuqoridagi 3000 dollari aslida fuqaro J.M.ga tegishli bo‘lib, ushbu me’yoridan ortiq xorijiy valyutalarni fuqaro Sh.S.dan bojxona nazoratidan olib o‘tib berishini so‘raganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganch aeroportida “valyuta operatsiyasi” chippakka chiqdi