Eje Irtem o‘limi maymun tishlashi oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkin

Eje Irtem o‘limi maymun tishlashi oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkin

Turkiyaning mashhur aktrisalaridan biri, “Qizil sharbat” seriali orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Eje Irtemning kutilmagan vafoti bilan bog‘liq ishda yangi tafsilotlar yuzaga chiqdi.

Avvalroq 35 yoshli san’atkorning o‘limi yurak xuruji bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq voqea yuzasidan yangi versiya ilgari surildi.

Ma’lum qilinishicha, 22 iyun kuni marhumaning advokati Ugur Go‘kkoyun prokuraturaga murojaat qilib, tergov jarayonida muhim jihatga e’tibor qaratishni so‘ragan. Uning aytishicha, Eje Irtem vafotidan oldin Tailandda sayohat qilgan va o‘sha yerda maymun hujumiga uchragan bo‘lishi mumkin.

Advokatning ta’kidlashicha, aktrisaning chap yelka qismida uchta tish izi aniqlangan. Oila a’zolari bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida esa bu izlar Tailand safari chog‘ida maymun tishlashi natijasida paydo bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

Huquqshunos mutaxassislar bilan maslahatlashganidan so‘ng, bunday holat ayrim vaziyatlarda sepsis — qon zaharlanishiga olib kelishi va og‘ir asoratlar tug‘dirishi mumkinligini bildirgan.

Eje Irtem o‘limi maymun tishlashi oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkin

Shu munosabat bilan advokat prokuraturadan mazkur holatni ham tergov doirasida o‘rganishni so‘ragan. Ayni paytda aktrisaning o‘limi sabablariga oid rasmiy sud-tibbiy ekspertiza xulosasi hali e’lon qilinmagan.

E’tiborlisi, Eje Irtem vafotidan bir kun avval o‘zining 35 yoshini nishonlagan edi. Bayramdan keyin u ijtimoiy tarmoqlarda tabrik yo‘llagan muxlislariga minnatdorlik bildirib, post qoldirgan. Bu uning sahifasidagi so‘nggi xabarlardan biri bo‘lib qoldi.

Marhumaning yaqin dugonalari aytishicha, aktrisa hayotining so‘nggi davrlarida qiziq fikr bildirgan. U o‘zini qariganda tasavvur qila olmasligini va yosh vafot etishi mumkinligini hazilomuz tarzda aytgan. Muxlislarning ayrimlari esa bu so‘zlarni bugun turlicha talqin qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar