17:35 / 29.04.2019
4 500

Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi maktabning 2-qavatidan o‘zini tashladi

Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi maktabning 2-qavatidan o‘zini tashladi
Foto: Repost
Bugun, 29 aprel kuni soat 12:30 larda Toshkentdagi 17-sonli maktabda ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar berdi Repost.
Unda aytilishicha ushbu maktabning 9-sinfida o‘qiydigan qiz ikkinchi qavat derazasidan pastga sakragan.

Bunga sabab sifatida, o‘quvchi qiz onasining sinf rahbari bilan gaplashishga kelganini bilib, shu tarzda maktabdan qochib ketmoqchi bo‘lganligi keltirilgan.

Mazkur ro‘y bergan hodisa oqibatida maktab o‘quvchisiga o‘ng sonning yopiq sinishi, chap sonning ochiq sinishi, umurtqa pog‘onasi bel qismining jarohatlanishi tashxisi qo‘yilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi maktabning 2-qavatidan o‘zini tashladi