25 may kuni Toshkent metrosida uch nafar litsey bitiruvchisi pirotexnika buyumlari bilan mayda bezorilik sodir qilgan. Ular «prank» video tayyorlab, internetga joylash orqali pul ishlash va a’zolari sonini ko‘paytirish maqsadida, metro poyezdi «Bodomzor» bekatiga kelib to‘xtaganida pitardalar solingan sumkaga o‘t qo‘yib, holatni telefonda videoga olishgan.
Shundan so‘ng bezorilar sumkani tashlab qochishgan, vagondagi olov tezda bartaraf etilgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Yunusobod tumani ma’muriy sudining 4 iyundagi qaroriga muvofiq, ayblanuvchilar muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmagani, qilmishlaridan chin pushaymonligi va yosh ekanligi inobatga olinib, ularga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘smirlar Shayxontohur tumanidagi 5-sonli aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan akademik litsey talabalaridir. Ular «iPhone 5» telefonida olingan videoni internetga tarqatib ulgurishgan.
Bir haftalik qamoq jazosidan tashqari bu yigitlar, shuningdek, eng kam ish haqining 5,5 baravari miqdorida jarimaga ham tortilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi