Ispaniya kompaniyasi O‘zbekistonda izchil velosiped tizimini joriy etishni taklif qildi

1 daqiqa o'qish2.6K
Ispaniya kompaniyasi O‘zbekistonda izchil velosiped tizimini joriy etishni taklif qildi
O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida qo‘mita raisi maslahatchisi Behruz Hamzayev, O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi vakillari hamda Ispaniyaning “Truebasport” kompaniyasi rahbari Fermin Truba va kompaniya menejeri Oskar Kantero ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Truebasport” kompaniyasiga xalqaro miqyosdagi “Tour de silk road” nomli loyihani hamkorlikda tashkillashtirishni taklif etdi. Mazkur yirik velomarafon jahonga mashhur sportchilarni jalb qilishga, O‘zbekiston brendini dunyoga tanitishga hissa qo‘shadi.

Kompaniya qo‘mitaning ushbu taklifini ma’qullagan holda, mamlakatda izchil velosiped tizimini joriy qilish hamda butun dunyo, jumladan Yevropaga O‘zbekistonni turistik maskan sifatida targ‘ib etish bo‘yicha o‘z taqdimotini namoyish etdi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston yaqin kelajakda mazkur sport turi bo‘yicha Osiyoning eng yetakchi davlatiga aylanishi mumkinligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli loyihaning dastabki dasturini yaratish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Mazkur loyiha dasturi to‘liq shakllanganidan so‘ng o‘rganish uchun rahbariyatga taqdim etiladi.

Ispaniyaning “Truebasport” kompaniyasi velosport bo‘yicha ekspertlar jamoasidan tashkil topgan bo‘lib, ular orasida “Tour de France” g‘oliblari, UCI (Union Cycliste Internationale)ning litsenziyaga ega menejerlari, kouching, kommunikatsiya va marketing sohasidagi yetakchi mutaxassislarni uchratish mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?