O‘zbekiston Senatida 20 sentyabr kuni «To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qo‘shma qaror ijrosi ta’minlash bo‘yicha tuzilgan komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Kun.uz»ning xabar berishicha, unda adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev qaror talablarini buzganlik uchun belgilanadigan javobgarlik masalalariga to‘xtalib o‘tgan.
"Javobgarlik masalasi, jarima miqdori qancha bo‘lishi haqida aniq to‘xtamga kelingani yo‘q. Kodeksga o‘zgartirish kiritish va yana boshqa tashkiliy ishlar bor.
Birinchi navbatda qarorning mazmun-mohiyatini joylarga yetkazish kerak. Adliya vazirligining eng quyi bo‘limlarigacha bu qaror jo‘natilgan.
Javobgarlik, albatta, belgilanadi va bu 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Balki, jarima belgilanar, balki boshqa turdagi javobgarlikka tortilar" - deydi Xudoyor Meliyev.
To‘ylar bo‘yicha komissiya raisi Iqbol Mirzo ham javobgarlik masalasida o‘z munosabatini bildirgan. Uning aytishicha, joylarda bu mavzu yuzasidan savol berilganda qonunchilikdagi eng yuqori jarima miqdori ko‘zda tutilayotganligini aytish lozim.
"Dabdabali to‘y qilayotganlarga ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik qo‘llash unchalik foyda bermasligi mumkin. Ularni OAV orqali ko‘rsatib, butun xalq oldida sharmanda qilish kerak" - deydi Iqbol Mirzo. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ortiqxo‘jayevning birinchi o‘rinbosarini hayajon bosdi...

Namanganda 74 yoshli ayolni urib o‘ldirgan qotil 20 yilga «kesildi»

Yo‘lning o‘rtasida raqsga tushgan yigit: "Maqsad odamlarning kayfiyatini ko‘tarish edi" (video)

O‘zbekistonning birinchi xonimi Almazbek Atambaevni kuzatish marosimida ishtirok etdi

Zokir Almatov hukumat ishiga qaytarildi

O‘zbekistonda yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi