17:00 / 03.12.2019
2 655

Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahri raisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahri raisini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti — Dushanbe shahri raisi Rustam Emomalini qabul qildi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki qardosh mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli koʻp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish taʼminlangani, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida strategik sheriklik yoʻlga qoʻyilgani alohida taʼkidlandi.

Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz poytaxtlari Toshkent va Dushanbe oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shaharni boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish, “yoʻl xaritasi” asosida qoʻshma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini amalga oshirish kabi yoʻnalishlarda muntazam muloqotni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahri raisini qabul qildi