Ochilish marosimida jurnalist nega yig‘ladi?

2 daqiqa o'qish4.4K
Ochilish marosimida jurnalist nega yig‘ladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib ko‘rdi.
Mazkur maktab o‘zbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur o‘rganishga ixtisoslashgan.

Prezident bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Qodiriy yashab, ijod qilgan hovli uy-muzeyga aylantirildi. Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga kiraverishda adib muzeyi barpo etildi. Mazkur binoga “Turon” kutubxonasi ham joylashtirildi. Bu nafaqat adibning vorislari, balki adabiyot, ma’naviyat va ma’rifat ahlini, butun xalqimizni cheksiz quvontirdi.

Yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar bilan suhbatda davlatimiz rahbari Eski shaharda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, adib muzeyi va kutubxona qurilgani ushbu go‘shaga yana baraka qaytayotganidan dalolat ekanini qayd etdi.
*****
Abdulla Qodiriyning xotirasiga bunday yuksak e’tibor yurtdoshlarimizning xursandchiligiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga ayrim ziyolilar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi. Quyida ularning ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz.
****
Hozirgina Abdulla Qodiriy bog‘ida "Turon" kutubxonasida Prezidentning adiblar bilan uchrashuvini o‘qib qoldim.
Attang, Do‘rmonda yotib bexabar qolibman, aks holda, albatta borar edim...
...Lekin baribir boraman, ko‘rganimni esse qilib yozaman. "Agar qatag‘on bo‘lmaganda biz bugun boshqa O‘zbekistonda yashagan bo‘lar edik" degan so‘z turtki berdi.
O‘razboy Abdurahmonov,
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq yozuvchisi (70 yosh)

*****
«Jasorat bitgan edi, til kesilgan edi...»
Qodiriyning bu so‘zlari afsuski doim dolzarb. Ayni damda Qodiriy uyining ochilish marosimidaman.
Yig‘layapman...
Kecha uy-muzeyi masalasida intervyu berishga vaqt ajratishni istamagan Sirojiddin Saidning ma’ruza o‘qishini ko‘rib yig‘layapman... Ularga muzey qilishni so‘rab qancha xat yozib kutilmadi.

30 yildan beri Muzey masalasini cho‘zib yurgan, amalga oshirishga shoshilmagan Xayriddin Sultonovning tantanavor ma’ruza o‘qishini ko‘rib yig‘layapman...
Abdulla Qodiriyga pul yo‘q, deb xat bergan Kamila Akilovaning gerdayib turishini ko‘rib yig‘layapman...
Afsuski, bugungi tantanada Pahlavon Sodiq, Asliddin Suyunov ishtirok etishmayapti...

Anora Sodiqova,
jurnalist

Tahririyatdan: ushbu xayrli marosimda qatnashish uchun ma’nan haqi bor, ammo mutasaddilar taklif etmagan ziyolilar orasida millatparvar yozuvchi Nabijon Boqiy ham bor. Vaholanki, u Abdulla Qodiriyning KGB (hozirgi DXX) arxivida saqlanayotgan “delo”sini yillab titkilab, “Qatlnoma” degan hujjatli qissa yozganini bugun hamma ham bilavermaydi. Chunki mazkur asar qariyb 25 yildan beri qayta nashr etilmayotir...
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?