Madonna Malavida bolalar shifoxonasini ochdi

1 daqiqa o'qish6.4K
Madonna Malavida bolalar shifoxonasini ochdi
© Arxiv AP Photo/Shavawn Rissman-HO

Madonnaga qarashli “Malavini rivojlantiramiz” jamg‘armasi direktori Sara Yezzining xabar berishicha, pop-qirolichasi Malavining biznes poytaxti Blantayrda 50 o‘rinli bolalar shifoxonasini ochdi.

Malavilik ikki bolani asrab olgan Madonna o‘tgan yili Afrikaning eng qashshoq mamlakatlaridan birida o‘zi ajratgan mablag‘ evaziga qurilgan o‘nta maktabni tekshirishga kelgan, biroq uni sovuq kutib olishgandi.
Prezident Joys Bandaning ma’muriyati Madonna shunchaki o‘zini reklama qilayotganini, aslida bir nechta sinfxona qurilgani yoki ta’mirlanganini bayon etgandi.

Madonna esa bunday munosabat mamlakat prezidentining singlisi “Malavini rivojlantiramiz” jamg‘armasini boshqarayotgan paytda 3,8 mln. dollarni noo‘rin sarflagani uchun jamg‘armadan chetlatilganligi bilan bog‘liqligini bildirgandi.
Shu yilning mayida Banda prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi. Mamlakatning yangi prezidenti Piter Mutarik esa “mamlakat xonandaning saxovatpeshaligini qadrlashini” bayon etdi.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?