Buxoro va Xorazmda sog‘ayish ko‘rsatkichi yuqori bo‘ldi, eng ko‘p bemor Toshkent va Samarqandda

1 daqiqa o'qish2.8K
Buxoro va Xorazmda sog‘ayish ko‘rsatkichi yuqori bo‘ldi, eng ko‘p bemor Toshkent va Samarqandda
16 may holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 2 738 nafarni tashkil etmoqda. Hozirgacha bemorlarning 2 213 nafari (80 foizi) tuzalgan, 11 kishi koronavirus sabab vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev o‘zining telegram kanalida koronavirus bo‘yicha yangilangan statistikani e’lon [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly90Lm1lL3NzdnV6LzE0OTA%3D]qildi[/leech]. Unda Xorazm va Buxoro viloyatlari sog‘ayish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etayotgani ko‘ringan. Buxoroda 440 kishi virus yuqtirib, 433 kishi tuzaldi. Hozirda yana 7 kishi davolanmoqda. Ya’ni, tuzalish ko‘rsatkichi 98 foizga teng.

Xorazmda ham tuzalish bo‘yicha 98 foizlik ko‘rsatkich qayd etilgan. Viloyatda koronavirus yuqtirgan 233 fuqarodan 228 nafari tuzalgan, 5 kishi davolanmoqda. Bugun viloyatda 18 kishi tuzalib, reabilitatsiyaga yuborildi. Ularning 5 nafarigina mahalliy xorazmlik bo‘lgan, qolganlar boshqa viloyatlardan.

Bugun eng ko‘p Toshkent (27 nafar) va Xorazmda (18 nafar) bemorlar tuzaldi. Jumladan, Toshkentda 4 va 11 yoshli bolalar ham tuzalgan. Samarqandda ham bugun 10 kishi virusdan tuzalib, reabilitatsiyaga yuborildi. Ular Oqdaryo (5 nafar), Samarqand shahri (3 nafar) va Toyloq tumanlaridan (2 nafar) bo‘lishgan. Bemorlar orasida 2019 yilda tug‘ilgan chaqaloq ham bor.

Ayni damda hududlar bo‘yicha eng ko‘p bemorlar Toshkent shahri (309 nafar) va Samarqand viloyatida (107) davolanmoqda. Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona virusdan holi hudud bo‘lib turibdi. Sirdaryoda ham bemor qolmagan, chunki ularning barchasi Toshkentga olib kelingan.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?