Samarqandda Mercedes-Benz tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi

1 daqiqa o'qish148
Samarqandda Mercedes-Benz tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi

Samarqandda Mercedes-Benz rusumli avtomobil haydovchisi sirena va maxsus chiroqlarini yoqqan holda harakatlanayotgan tez yordam mashinasiga yo‘l bermagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Xabarlarga ko‘ra, o‘sha vaqtda tez yordam avtomashinasi ichida og‘ir ahvoldagi bemor bo‘lgan. Videoning tarqalishi ortidan holat mas’ullar tomonidan o‘rganilib, haydovchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan. Shuningdek, u bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, sirena va maxsus yorug‘lik signallarini yoqib harakatlanayotgan tez yordam yoki boshqa maxsus transport vositasiga yo‘l berishga xalaqit qilgan haydovchiga jarima qo‘llanadi. Bunday qoidabuzarlik uchun BHMning besh baravari miqdorida, ya’ni 2 million 60 ming so‘m jarima belgilangan.

Shu bilan birga, haydovchi tez yordam mashinasiga yo‘l berish uchun yo‘l harakati qoidalarini buzishga majbur bo‘lgan taqdirda, unga rasmiylashtirilgan jarimani bekor qilish imkoniyati mavjud.

Mutaxassislar maxsus transport vositalarining sirena va chiroqlari yoqilgan holda yaqinlashayotganini ko‘rgan haydovchilar ularga zudlik bilan yo‘l berishlari zarurligini eslatmoqda. Ayniqsa, tez yordam avtomashinasida og‘ir ahvoldagi bemor bo‘lishi mumkinligi sababli, bir necha soniya ham inson hayoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.

YPX xodimi va oq futbolkadagi kishi avtomobil oldida planshet ushlab turishibdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?