18:50 / 01.07.2020
4 289

Ozoda Nursaidova Sardoba falokatidan jabrlangan 5 ta oilaga uy topshirdi (foto)

Ozoda Nursaidova Sardoba falokatidan jabrlangan 5 ta oilaga uy topshirdi (foto)
Taniqli san’atkor Ozoda Nursaidova Sardoba fojiasidan jabrlangan 5 ta oilaga Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi ko‘p qavatli uylardan sovg‘a qildi.

«Daryo»ning xabar berishicha, 4 ta 3 xonali uy ko‘p bolali, 1 ta 2 xonali xonadon esa yosh oilaga tuhfa etildi.

«O‘zbeklar azaldan sahovatpesha, tanti xalq. Bu bizning qonimizgacha singib ketgan. Sardobadagi fojia barcha o‘zbekistonliklar qatori meni ham juda ta’sirlantirdi. Hukumatimiz va xalqimizning sardobaliklarga yordam berayotganini ko‘rib, biz ham qo‘ldan kelgancha ko‘maklashishga qaror qildik.

O‘tgan yili bu ko‘p qavatli uylarni bir tadbirkor ukamiz bilan yaxshi niyatlarda olgandik. Ushbu xonadonlarning 5 tasini yaxshilik yo‘lida jabrlanuvchilarga sovg‘a tariqasida tuhfa etdik. Uyning 3 tasini men, 2 tasini esa «Akmal yosh kuch» MCHJ rahbari salkam bir oy davomida qayta ta’mirdan chiqarib, hadya qildik.


Ushbu uylarda yashash istagida bo‘lgan yuzlab oiladan takliflar tushdi. Biz ularning ichidan 5 tasini tanlab oldik. Bu jarayon albatta, oson kechmadi. Munosiblarni saralashda hokimlik, MFYlar vakillari ham yaqindan yordamlashdi. Uylarni jihozlashda muxlislarim, yurtdoshlarimiz ham homiylik ko‘rsatishdi. Barchasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Hammamizdan Yaratgan rozi bo‘lsin», — dedi Ozoda Nursaidova jurnalistlarga bergan intervyusida.

Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati

«Eyvalek» MFY raisi Hamida Eshboyevaning ta’kidlashicha, Sardobadan ko‘chib kelgan ayollar uchun tikuv sexida, erkaklarga esa beton ishlab chiqarish zavodida ish o‘rinlari hozirlangan.

«Mazkur ko‘p qavatli uy 1986 yilda qurilgan. O‘sha paytda ichimlik suvi tanqisligi bois odamlar 5 yil yashagach, barchasi asta-sekin bu yerni tark etishgan. Keyinchalik qarovsiz manzaraga aylandi.

‘Obod markaz’ dasturi doirasida ushbu uylar tadbirkorlarga berilib, ta’mirdan chiqarilmoqda. Ehtiyojmand oilalar ko‘chib kela boshlashyapti. Suv muammosi avgust oyiga qadar «Obod markaz» dasturi asosida to‘liq hal etilishi ko‘zda tutilgan.

Ozoda Nursaidovaning tashabbusidan albatta quvondik. Chunki u ko‘p yillar tashlandiq holatda bo‘lgan uylarni ta’mirlab, ichini zarur jihozlarga to‘ldirib berdi.

Sardobadalik yangi mahalladoshlarimiz tikuv sexi va beton ishlab chiqarish zavodiga ishga, farzandlari esa maktab va bog‘chalarga joylashtiriladi
», — dedi Hamida Eshboyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ozoda Nursaidova Sardoba falokatidan jabrlangan 5 ta oilaga uy topshirdi (foto)