Toshkent shahrida korxona hujjatlarini qalbakilashtirib, juda katta miqdorda kredit olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil sentyabr oyida MChJlardan birining rahbari va muassislaridan biri bo‘lmish 43 yoshli T.D. boshqa muassislarning imzolarini qalbakilashtirgan va bankdan 1,5 milliard so‘m kredit olish uchun hujjat tayyorlagan.
«Bu fakt asosida Jinoyat Kodeksining 228-moddasi 3-qismi bo‘yicha («Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish») jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud T.D.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi