Har qanday dezinfeksiya vositasi koronavirusni o‘ldira oladi, deb ma’lum qildi «Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popova. Bu haqda TASS xabar berdi.
«Istalgan dezinfektant belgilangan konsentratsiyada bu virusning yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Ya’ni biz yuzalarni nima bilan tozalasak ham, muhimi bu dezinfektant bo‘lsa bo‘ldi», – dedi Rossiyaning bosh davlat sanitariya vrachi.
Popovaning qo‘shimcha qilishicha, yuzalarda koronavirus 48 soatgacha o‘z faolligini saqlab qolishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov dezinfeksiya tadbirlari haqida so‘z yuritib, bu choralarning samaradorligiga shubha qilish mutlaqo o‘rinsiz ekanini ta’kidlagandi.
«Ochiq joylar, bozorlar, yo‘laklar dezinfeksiya qilinishidan maqsad – odamlar u yerga tuflagani, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning tushgani yoki odamlarning qo‘li bilan ushlagani sababli infeksiya tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdir», – degandi Otabekov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi