21:15 / 13.08.2020
6 864

O‘zbekistonda havosi eng ifloslangan shaharlar nomi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda havosi eng ifloslangan shaharlar nomi ma’lum qilindi
«O‘zgidromet» O‘zbekiston shaharlari ifloslanish darajasi bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.
Tashkilot atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini 25 ta shahardagi 63 ta statsionar kuzatuv punktida amalga oshiradi. Aholi soniga qarab va normativ hujjatlar asosida shaharlarda 2 tadan 4 tagacha post joylashtirilgan. Kuzatuv punktlarida atmosfera havosidagi 12 ta ifloslantiruvchi modda nazorat qilinadi.

2020 yil iyul oyida atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi respublikaning 21 ta shaharidagi 56 ta punktda olib borilgan. 17 ta shaharda «past» ifloslanish darajasi, Toshkent, Olmaliq, Angren va Farg‘ona shaharlarida «yuqori» ifloslanish darajasi qayd etilgan.

Shaharda atmosfera havosi sifatini monitoring qilish dasturi beshta asosiy ifloslantiruvchi modda: chang (qattiq muallaq zarrachalar), oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi (is gazi), azot dioksidi, azot oksidini o‘z ichiga oladi. Sanoat ajratmalari tarkibi va yaqinda joylashgan shaharlar va tutashgan hududlar xususiyatlariga qarab dasturiy o‘lchovlarga boshqa moddalar (ammiak, fenol, formaldegid, ozon, xlor, qattiq ftoridlar, ftorli vodorod, og‘ir metallar) qo‘shiladi.

Umuman, iyul oyida respublika bo‘yicha atmosfera havosining ifloslanish darajasi me’yor chegarasida bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda havosi eng ifloslangan shaharlar nomi ma’lum qilindi