09:27 / 30.08.2020
3 807

YPX inspektori to‘xtatgan Nexia’dagi yo‘lovchi o‘zining 10 ta 100 dollarlik kupyurasini yirtib, sochib yubordi

YPX inspektori to‘xtatgan Nexia’dagi yo‘lovchi o‘zining 10 ta 100 dollarlik kupyurasini yirtib, sochib yubordi
Foto: YHXBB matbuot xizmati
Andijonda qalbaki dollar olib ketayotgan Nexia yo‘lovchisi YPX inspektori tekshiruvida qo‘lga tushdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 24 avgust kuni soat 16:50 larda, Andijon viloyat IIB YXHB Yo‘l patrul xizmati katta inspektori va viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd davomida Andijon tumani, «Zavroq» MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida harakatlanib kelayotgan A.A. boshqaruvidagi Nexia YPX inspektori tomonidan to‘xtatilgan.

Ushbu avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkentning Yashnobod tumanida yashovchi 26 yoshli M.M. o‘zini shubhali tutganligi sababli undan shaxsini tasdiqlovchi hujjati so‘ralgan. Biroq M.M. IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, voqea joyidan qochishga urinib, yonida bo‘lgan 100 dollar kupyuradagi 10 dona, jami 1000 dollar miqdoridagi pullarni yirtib, sochib yuborgan vaqtida ushlangan.

Andijon viloyati IIB EKBning 25 avgustdagi xulosasiga ko‘ra 1000 dollar miqdoridagi kupyuralar qalbaki ekanligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YPX inspektori to‘xtatgan Nexia’dagi yo‘lovchi o‘zining 10 ta 100 dollarlik kupyurasini yirtib, sochib yubordi