3 311
Covid-19 bilan kasallanib sog‘aygan bemorlar yana 90 kun virus tarqatuvchi bo‘lishi mumkinmi?
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda Covid-19 ayrim bemorlar qonida 90 kungacha saqlanib qolishi mumkinligini ma’lum qildi.
«Amerika Qo‘shma Shtatlari olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ham Covid-19 kasalligini boshdan kechirganlarning ayrimlarining organizmidagi qon tarkibida 90 kungacha virus aylanib yurishi tasdiqlangan.
Bir necha olimlar bunday odamlar 90 kun mobaynida tarqatuvchi bo‘lib qolishi haqida yozishmoqda, lekin bu ma’lumotlar to‘liq tasdiqlanmagan.
Lekin kasallikning o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir darajasiga chalingan bemorlar bir oy va undan ko‘p muddat davomida davolanishmoqda. Bu – inson organizmiga tushgan virus yuklamasi, unga nisbatan organizmning javob reaksiyalariga ham bog‘liqdir.
Bugungi kunda virus tarqatuvchanligi, kasallik organizmda keltirib chiqaruvchi alomatlari, inson organizmining javob reaksiyasi, kasallik asoratlanishi va reabilitatsiya jarayoni bo‘yicha shifokorlar va olimlar doimiy ravishda izlanishlar olib bormoqda.
Bu esa yana bir bor kasallangan bemorlarning alohidalanishi, yaqinlari, farzandlari va ota-onalari bilan borish-kelishni kamaytirishlari, umuman, uydan tashqariga chiqishni cheklashlari kerakligini bildiradi», dedi u AOKAda o‘tkazilgan brifingda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik"