08:13 / 10.10.2020
3 768

Respublika bosh patologoanatomi pnevmoniyadan o‘lim soni nega ko‘payib ketganini tushuntirdi

Respublika bosh patologoanatomi pnevmoniyadan o‘lim soni nega ko‘payib ketganini tushuntirdi
Bu haqda Tez News muxbirining Respublika Patologoanatomiya ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Rajabboy Isroilovdan olgan intervyusida ma’lum qilindi.

Koronavirus boshlang‘ich davrida burunni kasallantirsa, keyin undan ko‘payib, nafas yo‘llaridan o‘pkaga tushishi mumkin. Lekin biz o‘pkadan tashxis ololmaymiz-ku, unaqa usulning o‘zi yo‘q. Virus o‘pkaga tushgandan keyin pnevmoniya kasalligini qo‘zg‘atyapti. Bu kasallikning hozirgi kunda ko‘payib ketishi, bir tomondan, koronavirusga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, virus ta’sirida o‘pka kasalliklarining avj olishi oqibatida pnevmoniya sabab vafot etganlar soni COVID-19 natijasida hayotdan ko‘z yumgan kishilardan ko‘payib ketdi. Shuning uchun ham o‘pka kasallanganda PSR testidan o‘tmaslik oqibatida pnevmoniyadan o‘lim soni ko‘paydi”, – deydi professor.

Koronavirusdan qancha kishi kasal bo‘lishi, ulardan nechtasi vafot etishi maxsus diagnostika yordamida tasdiqlanadi.

PSR nomli qurilma bor, ya’ni u virusning antigenini aniqlaydi. Bundan tashqari, immunoferment tahlil ham mavjud. Mazkur usullar yordamida organizmda virus bor yo yo‘qligi tasdiqlaganidan keyin “koronavirus mavjud” degan tashxis qo‘yiladi va hisobotga olinadi. Ikkinchi tomondan, agar bemor laboratoriyaviy diagnostikadan o‘tmagan bo‘lsa, biz — patologoanatomlar tomonidan virus tasdiqlanganidan keyin hisobotga qo‘shiladi”, – deya ta’kidlaydi professor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Respublika bosh patologoanatomi pnevmoniyadan o‘lim soni nega ko‘payib ketganini tushuntirdi