“G‘afur G‘ulom” bog‘ida svet o‘chib qolgani sababli attraksionlar to‘xtab qoldi

28 iyun kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi "Dream Park" istirohat bog‘ida charxpalak attraksioni to‘xtab qoldi. Natijada bir guruh fuqaro balandlikda qolib ketgan.
Hodisa Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan, "G‘afur G‘ulom" nomi bilan tanilgan istirohat bog‘i hududida sodir bo‘lgan.
Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgach, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Hozirda attraksionda qolib ketgan barcha fuqarolarni xavfsiz tarzda pastga tushirish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…