15:19 / 19.11.2020
2 755

Sergelida Isuzu va Matiz to‘qnashuvi oqibatida ikki mashina ham yonib ketdi (video)

Sergelida Isuzu va Matiz to‘qnashuvi oqibatida ikki mashina ham yonib ketdi (video)
Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahri Sergeli tumanida Isuzu yuk mashinasi hamda Matiz avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda shahar IIBB.

Qayd etilishicha, 2020 yil 18 noyabr kuni taxminan soat 09:30 da Sergeli tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li va Qumariq ko‘chasi kesishmasida ikkita avtomobil to‘qnashuvi sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat raqami 01 L 169 AC bo‘lgan Matiz rusumli avtomobil haydovchisi 39 yoshli Hamidulla M. svetoforning ruxsat beruvchi belgisiga chorrahaga chiqqanida, avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib borgan va svetoforning sariq chirog‘iga harakatlangan 49 yoshli Olimjon D.ning davlat raqami 01 A 451VA bo‘lgan Matiz rusumli avtomobiliga to‘qnashgan.

Shundan so‘ng Hamidulla M. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 22 yoshli Nikita S. boshqaruvidagi Anglesey Food’ga tegishli bo‘lgan Isuzu rusumli avtofurgonga to‘qnashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida Isuzu va Matiz to‘qnashuvi oqibatida ikki mashina ham yonib ketdi (video)