Foto: Videolavhadan skrin
Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent Savdo Markazi» bozorida qotillik ro‘y bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 16 dekabr kuni soat 16:30 atrofida, Chilonzor tumanidagi «Toshkent Savdo Markazi» bozori (sobiq «Abu Saxiy» ) hududidagi do‘kon yonida 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro N.M. (avval sudlangan, ishsiz) akasi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro O.M. bilan (ilgari sudlangan, ishsiz) janjallashgan. Natijada N.M. yonidagi pichog‘ini akasining ko‘ksiga sanchib, voqea joyidan qochib ketgan.
Olgan jarohati tufayli O.M. kasalxonada vafot etdi. Shu kuni Chilonzor tumani IIB tomonidan N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Uni topish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi