07:38 / 18.12.2020
4 403

Sobiq «Abu Saxiy» bozorida uka akasini o‘ldirdi

Sobiq «Abu Saxiy» bozorida uka akasini o‘ldirdi
Foto: Videolavhadan skrin
Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent Savdo Markazi» bozorida qotillik ro‘y bergani haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 16 dekabr kuni soat 16:30 atrofida, Chilonzor tumanidagi «Toshkent Savdo Markazi» bozori (sobiq «Abu Saxiy» ) hududidagi do‘kon yonida 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro N.M. (avval sudlangan, ishsiz) akasi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro O.M. bilan (ilgari sudlangan, ishsiz) janjallashgan. Natijada N.M. yonidagi pichog‘ini akasining ko‘ksiga sanchib, voqea joyidan qochib ketgan.

Olgan jarohati tufayli O.M. kasalxonada vafot etdi. Shu kuni Chilonzor tumani IIB tomonidan N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Uni topish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq «Abu Saxiy» bozorida uka akasini o‘ldirdi