22:49 / 19.01.2021
3 178

Alisher Sultonov: «O‘zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini kutilayotganidan xabarimiz bor»

Alisher Sultonov: «O‘zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini kutilayotganidan xabarimiz bor»
AOKAda «Sovuq kunlarda aholini gaz, elektr energiyasi va ko‘mir bilan ta’minlashda kuzatilayotgan muammolar» mavzusidagi brifing o‘tkazildi. Unda Energetika vaziri Alisher Sultonov quyidagilarni ma’lum qildi.

«Ushbu haftaning oxiriga kelib, O‘zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini noldan past haroratgacha tushishi kutilmoqda. Biz vaziyatdan yaxshi xabardormiz, mummolarni yengillashtirish, uy-joylar va ish joylarining barqaror energiya va gaz bilan ta’minlashga erishish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiryapmiz.

Yanvar oyining so‘nggi o‘n kunligidagi iste’molchilarga 2 mlrd. 318,7 mln. kilovatt-soat elektr energiyasi, 1 milliard 163 million metr kub tabiiy gaz, 19 ming 210 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Hozirgi kunda ko‘mir omborlarida jami 156 ming 635 tonna ko‘mir va briket zaxirasi mavjud
», dedi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Sultonov: «O‘zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini kutilayotganidan xabarimiz bor»