Toshkent bozorlarida gaz ballonlaridan foydalanish taqiqlandi

1 daqiqa o'qish75
Toshkent bozorlarida gaz ballonlaridan foydalanish taqiqlandi

Toshkent shahri hokimining qaroriga asosan, poytaxtdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, savdo majmualari va bozorlarda ovqat tayyorlash uchun suyultirilgan gaz solingan maishiy ballonlardan foydalanish qat’iyan taqiqlandi.

Ushbu chora yong‘in xavfsizligini kuchaytirish va favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda. Endi kafe, oshxona, restoran, bozor va savdo hududlarida maishiy gaz ballonlarini ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qarorda tijorat obyektlarini tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulash ham taqiqlangan. Mas’ul idoralarga amaldagi qonun talablarini buzgan holda gaz quvurlarini tortishga urinishlarni to‘xtatish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish sohasidagi gaz infratuzilmasining texnik holati ustidan nazorat kuchaytiriladi. Vakolatli tashkilotlar obyektlarda gaz tarmoqlaridan xavfsiz foydalanilishi va ulanishlarning qonuniyligini tekshirib boradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?