Turkiya AQSHni mag‘lub etdi, ammo turnir bilan xayrlashdi

2026 yilgi jahon chempionatida «D» guruhining 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Tur doirasida Turkiya va AQSH milliy jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda Turkiya AQSH ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bahsning 3-daqiqasida Trasti AQSHni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 10-daqiqada Gyuler hisobni tenglashtirdi. 31-daqiqada Yilmaz Turkiyaning ikkinchi golini urdi.
Ikkinchi bo‘limda AQSH yana faollashdi va 49-daqiqada Berhalter gol urib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Ayxan gol urib Turkiyaning JCH-2026 dagi muhim g‘alabasini ta’minladi.
JCH-2026. «D» guruhi, 3-tur
Turkiya — AQSH — 3:2
Gollar: Gyuler, 10; Yilmaz, 31; Ayxan, 90 — Trasti, 3; Berhalter, 49.
Turkiya: Chaqir, Bardakchi, Elmali, Chelik, Gyuler, Ozjan, Kyokchyu, Yildiz, Yilmaz, Oydin.
AQSH: Tyorner, Skalli, Makkenzi, Trasti, Robinson, Reyna, Berhalter, Vea, Makkenni, Aaronson, Rikardo Pepi.
Shu tariqa, AQSH milliy jamoasi 6 ochko bilan «D» guruhini birinchi o‘rinda yakunladi. Avstraliya 4 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egalladi.
Paragvay ham 4 ochko to‘pladi va uchinchi o‘rindan joy oldi. Turkiya esa 3 ochko bilan guruhda so‘nggi pog‘onada qolib, jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.































Izohlar 0
…