Bobur Yo‘ldoshev nega to‘ylarga chiqmasligini aytdi (video)

Aktyor Bobur Yo‘ldoshev “Jadid” ko‘rsatuvida nima sababdan to‘ylarda deyarli chiqish qilmasligi haqida so‘zlab berdi. U yoshligida, taxminan 27 yoshlarida ko‘pi bilan o‘nta to‘yda ishtirok etganini, biroq keyinchalik bu ishdan voz kechganini bildirdi. Aktyorning ta'kidlashicha, uning to‘ylarga chiqmasligiga otasining bergan nasihati asosiy sabab bo‘lgan.
Aktyor Bobur Yo‘ldoshev “Jadid” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, nega to‘ylarda deyarli chiqish qilmasligi haqida samimiy fikrlarini bildirdi.
Suhbat davomida boshlovchi undan: “Bobur Yo‘ldoshev nega to‘ylarga chiqmagan?” deya so‘radi.
Aktyorning aytishicha, u yoshligida bir necha marotaba to‘ylarda ishtirok etgan, biroq keyinchalik bu yo‘ldan voz kechgan.
“Chiqqanman. Taxminan 27 yoshlarimda chiqqanman. Ko‘p emas, ko‘pi bilan o‘nta to‘yda qatnashgan bo‘lsam kerak, balki undan ham kamdir. Lekin to‘ylarga chiqish mening ishim emas”, — dedi Bobur Yo‘ldoshev.
Aktyor buning asosiy sababi otasining bergan nasihati bo‘lganini ham aytib o‘tdi.
“Dadam: 'Seni ko‘rish uchun odamlar teatrga chipta olib kelishi kerak emas', der edilar. Bir kuni meni to‘yda ko‘rib qolib: 'O‘g‘lim, endi to‘yga chiqma. Kimdir seni taklif qilsa, menga ayt. O‘sha beradigan pulni men beraman, faqat to‘ylarda chiqish qilma', deganlar”, — deya xotirladi aktyor.
Mazkur suhbat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘plab foydalanuvchilar Bobur Yo‘ldoshevning san’atga bo‘lgan sadoqati va otasining qarashlarini yuqori baholashdi. Izohlarda aktyorning iste’dodi, teatrga bo‘lgan hurmati va prinsipial pozitsiyasi e’tirof etilgan.






























Izohlar 0
…