Fransiya Rossiyaga aloqador neft tankerini qo‘lga oldi

Fransiya Rossiyaga aloqador neft tankerini qo‘lga oldi

Fransiya harbiy-dengiz kuchlari Sitsiliya sohillari yaqinida Rossiyaga aloqador deb hisoblangan Deliver nomli neft tankerini qo‘lga oldi. Rasmiylarga ko‘ra, kema xalqaro dengizchilik qoidalarini buzgan holda harakatlangan.

Ma’lum qilinishicha, Kamerun bayrog‘i ostida suzayotgan tanker Rossiyaning Primorsk portidan Singapurga yo‘l olgan.

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron ushbu maxsus amaliyot aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. Unda vertolyot orqali tanker bortiga maxsus topshiriqli harbiy bo‘linma tushirilayotgani tasvirlangan.

Makronning ta’kidlashicha, bu Rossiyaning sanksiyalarni chetlab o‘tishda foydalanayotgan “yashirin flot”iga qarshi navbatdagi amaliyot bo‘lgan. U, shuningdek, bir necha kun avval Buyuk Britaniya ham shunga o‘xshash tadbirni muvaffaqiyatli amalga oshirganini eslatdi.

“Biz yashirin flot orqali sanksiyalarni chetlab o‘tish va Rossiyaning urushni moliyalashtirishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Yevropa bu borada qat’iy pozitsiyada qoladi”, — dedi Fransiya prezidenti.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar