Samarqandda guvohnomasiz yigit mahalla ko‘chasida katta tezlikda harakatlandi

Samarqandda guvohnomasiz yigit mahalla ko‘chasida katta tezlikda harakatlandi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit Cobalt avtomobilida mahalla hududidagi tor ko‘chada yuqori tezlikda harakatlangani aniqlandi.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yigit avtomobilni taxminan 130 km/soat tezlikda boshqargan. Qoidabuzarlik aks etgan videolavha esa uning do‘stlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

Aynan shu video orqali huquq-tartibot organlari haydovchining shaxsiga tezda aniqlik kiritgan. O‘tkazilgan tekshiruv davomida yigitning haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan unga nisbatan transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarish hamda belgilangan tezlik me’yorlarini qo‘pol ravishda buzish holatlari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Qayd etilishicha, to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar