22:11 / 10.02.2021
1 764

Sud raisi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Sud raisi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugungi kunda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlar bilan uchrashuvlar, muloqotlar tashkil qilinib kelinmoqda. Shunday uchrashuvlardan biri 10 fevral kuni Navoiy viloyati, Konimex tumani 29-sonli maktabda fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudi raisi A.Hamroyev, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Hamidov, jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi F.Qahorovlarning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv jarayonida jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi F.Qahorov yoshlarni huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, ularda vatanga, qonunlarga hurmat ruhini kuchaytirish kerakligi ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Hamidov bugungi kunda yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibordan samarali foydalangan holda ilm o‘rganib, bilim olishlari lozimligi, har xil zararli illatlardan yiroq yurish kerakligi, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanib kitob o‘qib, vatanimizga kerakli kadr bo‘lib yetishishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida ushbu maktabda tahsil olayotgan yoshlarga badiiy, tarixiy kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Yoshlarni qiynayotgan muammolar yechimi hamjihatlikda izlanmoqda va eng maqbul choralar topilmoqda.

Qolaversa, yoshlar bilan uchrashuvda targ‘ibot va tashviqot ishlariga alohida e’tibor qaratilishi hamda yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashuv va ochiq muloqotlar, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ilm-muassasalardagi yoshlarning huquqiy bilim saviyasini oshirishda turtki bo‘lmoqda. Ana shunday ezgu sa’y-harakatlar yoshlar o‘rtasida jinoiy qilmishlar kamayishiga sabab bo‘lmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex
tuman sudi raisi
F.Qahorov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud raisi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi