Behruz Karimov Portugaliyaga qarshi o‘yinda mundial rekordchisiga aylandi

2026 yilgi Jahon chempionati «K» guruhining ikkinchi turida Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda mundiallar tarixiga oid yangi rekord qayd etildi.
Bahs vaqtida maydonda bir vaqtning o‘zida harakat qilgan Krishtianu Ronaldu va Behruzjon Karimov o‘rtasidagi yosh farqi Jahon chempionatlari tarixidagi eng katta ko‘rsatkich bo‘ldi.
O‘yin kuni Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronaldu 41 yosh, 4 oyu 18 kunlik edi. O‘zbekiston himoyachisi Behruzjon Karimov esa 18 yosh, 10 oyu 16 kunlik bo‘lgan. Ikki futbolchi o‘rtasidagi farq 22 yil 183 kunni tashkil etdi.
Avvalgi rekord 1994 yilgi Jahon chempionatida o‘rnatilgandi. O‘shanda Kamerun hujumchisi Roje Milla va Rossiya forvardi Vladimir Beschastnix o‘rtasidagi yosh farqi 21 yil 321 kun bo‘lgan.
Guruh bosqichining uchinchi turida Portugaliya 28 iyun kuni Kolumbiya bilan o‘ynaydi. O‘zbekiston terma jamoasi esa shu kuni Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi maydonga tushadi.
2026 yilgi mundial davomida O‘zbekiston bilan bog‘liq yana bir nechta rekord qayd etildi. Kolumbiyaga qarshi birinchi tur uchrashuviga rekord miqdorda chipta sotildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning Jahon chempionatlaridagi ilk golini urgan Abbosbek Fayzullayev XXI asrda mundial bahslarida bosh bilan gol kiritgan eng past bo‘yli futbolchi bo‘ldi. Uning bo‘yi 167 santimetrni tashkil etadi.































Izohlar 0
…