17:00 / 07.03.2021
2 117

Instabloger Doniyor Qayumovning Malibu’si ruxsatsiz «tonirovka» qilingani uchun jarima maydonchasiga olib ketildi

Instabloger Doniyor Qayumovning Malibu’si ruxsatsiz «tonirovka» qilingani uchun jarima maydonchasiga olib ketildi
Foto: Videodan skrin
Ijtimoiy tarmoqlarda instabloger Doniyor Qayumovning YPX xodimi bilan tortishuvi aks etgan video tarqalgandi. Blogerning avtomobili ruxsatsiz tonirovka tortilgani uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. IIV matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, barcha fuqaro qonun talablariga rioya qilishi shartligini ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, Doniyor Qayumov mashina oynalarini ruxsatsiz qoraytirgani YPX inspektorlari tomonidan 27 fevral kuni o‘tkazilgan reyd davomida aniqlangan. Inspektor tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilib, soat 00:33 da avtomobil vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib ketilgan.

«Sovuqda ishlayotganlaring uchun sizlarga atab video qilyapman. Bitta tonirovka uchun sizlar olyapsizlar. Sizlarga vaziyatimni tushuntiryapman. Men blogerman, 2 kundan keyin mashinamni sotib yuboraman. Ko‘chada kichkina singlimni qo‘lidan yetaklab ketmayman-ku. Men ham endi sizlar taraf bo‘lmayman. Nima ‘minusinglar bo‘lsa, xafagarchilik bo‘lmasin, olib chiqaman», — degan instabloger hodisa paytida.

Ma’lumot uchun, ruxsatsiz «tonirovka» BHMning 25 baravari (6,1 million so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi. «Tonirovka» uchun jarima rasmiylashtirilganda avtomobil ushlab turish sabablari bartaraf qilingunga qadar jarima maydonchasiga olib qo‘yiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda «tonirovka» narxlari arzonlashgani haqida xabarlar tarqalgan, IIV bunga munosabat bildirib, tarqalgan xabarlar noto‘g‘ri va asossiz ekanligini bildirgandi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi «Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 547-sonli qarorining 2-bandi, «v» kichik bandiga ko‘ra, M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari:
  • orqa yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun BHMning 10 baravari miqdorini va O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun BHMning yigirma baravari miqdorini;
  • orqa va old yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun BHMning 50 baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun BHMning 50 baravari miqdorini va O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun BHMning 80 baravari miqdorini tashkil etadi.

O‘zbekistonda «tonirovka» uchun ruxsatnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berish boshlangan. Yuk mashinalari va avtobuslarning oynalarini ham «tonirovka» qilishga ruxsat berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Instabloger Doniyor Qayumovning Malibu’si ruxsatsiz «tonirovka» qilingani uchun jarima maydonchasiga olib ketildi